TERIX Yuklab olish

Siz so'raysiz. TERIX grafikda ko'rsatadi.

MetaTrader 5 bilan ishlaydigan Windows ilovasi. Savolingizni ayting yoki yozing — TERIX javob beradi va grafikda chizib ko'rsatadi.

TERIXovozli xabar · bosing, eshiting

0:09
Men TERIX — o'zbekcha gapiradigan trading hamrohingiz. Grafigingizni o'qiyman, tahlil qilaman va treyderlikni noldan o'rgataman.
Windows uchun yuklab olish Tariflar va narxlar

Windows 10/11 · 64-bit · v1.0.17 · o'rnatish 2–5 daqiqa

TERIX Trading markazi: oltin (XAUUSD) bir soatlik grafigi, ICT belgilari va TERIX tahlili — sotish tomoni, 38% ishonch
Trading markazi: XAUUSD, bir soatlik grafik va TERIX tahlili. Texnik tahlil, savdo tavsiyasi emas.

Grafigingizni o'qiydi va chizib tushuntiradi

  • ICT/SMC belgilari grafikda o'zi chiziladi: BOS, CHoCH, FVG, order block, likvidlik.
  • 8 ta tayyor strategiya: yo'nalish, ishonch, kalit darajalar va ikki ssenariy.
  • Iqtisodiy kalendar, narx signallari, Replay va backtest — bir oynada.

Teriks, oltinni tahlil qil.

TERIXovozli xabar

0:05
Bir soatlik grafikni ochdim. Endi qadamma-qadam chizib, tushuntirib beraman.

Treyderlikni noldan o'rgatadi

  1. 01Bozor asoslari
  2. 02Risk
  3. 03Opsionlar

14 dars: har biri doskada va jonli grafikda, oxirida qisqa test. Mashq rejimida tarixiy lahzada qaror qilasiz — TERIX baholaydi.

Men endi boshlayapman. Qayerdan boshlay?

TERIX

Avval qisqa daraja testi: bilganingizni qayta o'tmaysiz. Keyin 3 modul, 14 dars: doskada chizib, jonli grafikda ko'rsatib tushuntiraman.

Akademiya: o'quv yo'li va daraja testi.
Akademiya: o'quv yo'li va daraja testi.

O'zbekcha eshitadi va gapiradi

  • «Teriks» deng
  • Ikki marta qarsak
  • Ctrl+Shift+Space

Gapini bo'lsangiz, to'xtaydi. Kompyuterni ham boshqaradi: dasturlar, musiqa, eslatma, Telegram. Ovozli suhbat — Standart va Premium'da; Lite'da TERIX bilan matnda gaplashasiz.

Meni tushunasanmi?

TERIXovozli xabar

0:12
Albatta. «Teriks» deb chaqiring: o'zbekcha eshitaman va odamdek javob beraman. FVG, order block, liquidity sweep kabi atamalarni treyderdek talaffuz qilaman.
Asosiy oyna: TERIX savolga ovoz bilan javob bermoqda.
Asosiy oyna: TERIX savolga ovoz bilan javob bermoqda.

Eslab qoladi — o'z kompyuteringizda

Eslab qoladi
Muhim faktlar va kelishuvlaringiz: «eslab qol» va «unut» bilan o'zingiz boshqarasiz.
Kompyuteringizda saqlanadi
Suhbatlar tarixi, xotira va Telegram sessiyasi kompyuteringizda turadi. Savolingiz faqat javob olish uchun yuboriladi.
Faqat o'qiydi
Haqiqiy hisobingizda TERIX savdo qilmaydi: grafik, balans va pozitsiyalarni faqat o'qiydi.

Kecha nima haqida gaplashgandik?

TERIXovozli xabar

0:10
London sessiyasidagi sweep va sizning 1% risk qoidangiz haqida. Muhim narsani eslab qolaman, har safar boshidan tushuntirishingiz shart emas.
Muloqot jurnali: TERIX aytilgan qoidani eslab qolgan.
Muloqot jurnali: TERIX aytilgan qoidani eslab qolgan.

Uch qadamda boshlang

  1. Yuklab oling

    TERIX-Setup — Windows 10 yoki 11 uchun. O'rnatish 2–5 daqiqa.

    TERIX-Setup v1.0.17 · 326 MB
  2. Hisob oching

    TERIX'da «Ro'yxatdan o'tish»ni bosing: Google bilan tasdiqlaysiz va TERIX uchun parol qo'yasiz. Bir daqiqa.

  3. Kiring

    Shu email va parol bilan TERIX'ga kiring. Keyin «Teriks» deng.

    @Program_DevPro

Kerak bo'ladi:Windows 10 yoki 11, 64-bitMetaTrader 5 (demo hisob ham bo'ladi)MikrofonInternet

Tariflar

Qaysi tarif menga mos?

TERIXovozli xabar

0:12
Grafik va o'rganish uchun Lite yetadi. Tahlil qilib, gapirib tushuntirishimni xohlasangiz, Standart. Backtest, strategiya o'rgatish va eng tabiiy ovoz uchun Premium.

Hamma tariflarda:Trading markazi: jonli grafik, ICT belgilari, iqtisodiy kalendarTERIX bilan o'zbekcha suhbat (Lite'da — matnda)Mashq rejimi va risk/lot kalkulyatoriAkademiya: Bozor asoslari va Opsionlar modullari

Lite

Boshlash uchun

$10/ oy

Grafik, Akademiyaning Bozor asoslari va Opsionlar modullari, mashq va TERIX bilan matnli suhbat.

Suhbat
matnda
AI
asosiy
Qurilma
1 ta
  • Akademiya: Risk moduli — barcha 3 modul, 14 dars(kirmaydi)
  • Grafik tahlili, chizib tushuntirish, xotira, Replay(kirmaydi)
  • Narx signallari va yangilik ogohlantirishlari(kirmaydi)
  • Backtest, strategiya o'rgatish, videodan o'rganish(kirmaydi)
  • Demo hisobda savdo rejimi(kirmaydi)
Yuklab olish

Premium

Strategiya laboratoriyasi

$149/ oy

Backtest, strategiya o'rgatish, videodan o'rganish, eng kuchli AI va eng tabiiy ovoz.

Suhbat
eng tabiiy ovoz
AI
eng kuchli
Qurilma
1 ta
  • Akademiya: Risk moduli — barcha 3 modul, 14 dars
  • Grafik tahlili, chizib tushuntirish, xotira, Replay
  • Narx signallari va yangilik ogohlantirishlari
  • Backtest, strategiya o'rgatish, videodan o'rganish
  • Demo hisobda savdo rejimi
Yuklab olish

Narx dollarda. To'lov: TERIX'da hisob ochgach, Telegram'da yozasiz — karta orqali, tasdiqlangach TERIX ochiladi.

Savollar

Javob topilmasa, Telegram'da yozing — odam javob beradi.

@Program_DevPro
TERIX nima va kim uchun?

Windows uchun o'zbekcha gapiradigan trading yordamchisi. Yangi boshlovchi Akademiyadan noldan o'rganadi; tajribali treyder Trading markazi, ICT belgilari, tahlil, Replay va backtest bilan ishlaydi.

Qanday kompyuter va dastur kerak?

Windows 10 yoki 11 (64-bit) va MetaTrader 5 terminali — istalgan broker, demo hisob ham bo'ladi. Ovoz bilan gaplashish uchun mikrofon. Tahlil va ovozli javob uchun internet kerak.

Windows «noma'lum dastur» deb ogohlantirsa-chi?

O'rnatuvchi hozircha raqamli imzosiz, shuning uchun Windows ogohlantirish oynasini ko'rsatishi mumkin: «Batafsil», keyin «Baribir ishga tushirish»ni bosing. TERIX'ni faqat terix.uz dan yuklab oling.

Qanday to'layman?

TERIX'da hisob ochgach, Telegram'da yozing: tarifni tanlaysiz, to'lov karta orqali, tasdiqlangach TERIX ochiladi. Tarifni keyin oshirish yoki pasaytirish mumkin.

TERIX men uchun savdo qiladimi?

Yo'q. Haqiqiy hisobingizda TERIX faqat o'qiydi: grafik, balans, pozitsiyalar. Savdo qarorini o'zingiz qilasiz. Premium'dagi savdo rejimi faqat demo hisobda, o'rganish uchun ishlaydi.

Bu moliyaviy maslahatmi?

Yo'q. TERIX — ta'lim va tahlil vositasi. Har tahlil "texnik tahlil, savdo tavsiyasi emas" deb belgilanadi, hech qanday foyda va'da qilinmaydi. Savdo xavfli: faqat yo'qotishga tayyor pul bilan savdo qiling.

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

Kompyuteringizda: suhbatlar tarixi, xotira, Telegram sessiyasi va kamera tasvirlari shu yerda saqlanadi. Savolingiz (kerak bo'lsa grafik yoki kamera tasviri bilan) faqat javob olish uchun yuboriladi. Serverda faqat hisob, tarif, sarf hisobi, Akademiyadagi o'qish natijalari (raqamlar, matnsiz), siz yozgan murojaatlar va dastur xatolari haqidagi texnik xabarlar (suhbatsiz, sozlamada o'chirsa bo'ladi) turadi.

Muddat tugasa nima bo'ladi?

TERIX to'xtaydi — bepul rejim yo'q. Ma'lumotlaringiz, xotira va o'rgatgan strategiyalaringiz kompyuteringizda saqlanib qoladi; to'lovdan keyin TERIX hammasi bilan davom etadi.

Endi navbat sizda.

Qanday boshlayman?

TERIXovozli xabar

0:07
Yuklab oling va o'rnating — bir necha daqiqa. Keyin «Teriks» deng: qolganini o'zim ko'rsataman.
Windows uchun yuklab olish

Windows 10/11 · 64-bit · v1.0.17 · o'rnatish 2–5 daqiqa